145
Timur Kapadze: "Darvozamizda muammo ko‘proq, kim yaxshiroq tayyor bo‘lsa o‘shani sinab ko‘ramiz"
"Olimpik" hamda "Metallurg" o‘rtasidagi Superliganing 13-tur uchrashuvidan (1:2) so‘ng mezbon jamoa ustozi Timur Kapadze jurnalistlar savollariga javob berdi.
Timur Kapadze: "Metallurg"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bahs emotsiya va vaziyatlarga boy, muxlislarga yoqadigan bo‘ldi. G‘alabani qo‘ldan chiqardik. 3 ochkoni saqlab qola olardik. Buning ustiga "Metallurg" 10 kishi bo‘lib qoldi. Yigitlar bo‘shashishdi. 1:2dan so‘ng futbolchilarimiz vaziyatni o‘nglashga harakat qilishdi. Bugungi uchrashuvda xatolar ko‘p bo‘ldi, ammo bu bahsda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi".
- Mashg‘ulot fotolarida Javohir Sodiqovni ko‘rdik. U "Olimpik"ga qanday qaytdi? Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, u "Qizilqum" futbolchisi edi.
- O‘yin qiziq emas shekilli. Yo‘q, u ijarada o‘ynayotgandi. "Qizilqum" uni ikkinchi davrada olib qolishni xohlamadi. Ayni damda u jamoamiz bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
- O‘tkazib yuborigan ikkala golda darvozabonning aybi bor.
- Ha, ayniqsa birinchi golda posbonimiz qutqarishi kerak edi. Zarba yaxshi bo‘ldi, biroq to‘pni qaytarish mumkin edi. Ikkinchi va hisobga olinmagan uchinchi gollarda ham xato bo‘ldi. Bugun ba’zi sabablarga ko‘ra, tarkibimizda yo‘qotishlar bor edi. Kimdadir kartochkalar ko‘payib ketgan, kimdadir jarohat. Terma jamoadan keyin tayyorgarlikka vaqt yetishmadi.
- Kelasi bahsda darvozabonni almashtirish haqida o‘ylayapsizmi yoki unga ishonasizmi?
- Men uchun yigitlarga iloji boricha ko‘proq imkoniyat berish muhimroq. Xatolar bo‘lsa, uning ustida ishlaymiz. Agar xatolar takrorlansa, demak rivojlanishda muammolar bor. Darvozamizda muammo ko‘proq, kim yaxshiroq tayyor bo‘lsa o‘shani sinab ko‘ramiz.
- Timur Kapadzeni hurmat qilaman, futbolchilarning yarmi do‘stim, yarmi ukam. Umumiy mavsum haqida savol bermoqchiman, 12ta o‘yinda 15 ochko siz uchun kam. "Olimpik"ga nima yetishmayapti?
- Hali mavsum yakunlanayotgani yo‘q. Kamchiliklar bor. Tarkibda o‘zgarishlar bor. Ikki nafar himoyachimiz o‘zgardi, yangi o‘yinchilar sinovdan o‘tyapti. Vaqt kerak. Izlanyapmiz, ishlayapmiz. Zaxira yanada kuchli bo‘lganida bundanda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan bo‘lardik. Nafaqat o‘yinda, balki mashg‘ulotda ham munosib qarshilik bo‘lishi lozim. Menimcha, o‘yindan o‘yinga kuchayib boryapmiz. Terma jamoaga bog‘liq uzilishlar o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
- Abdurauf Bo‘riyevning bugungi uchrashuvda yo‘qligi jamoa o‘yiniga qanchalik ta’sir qildi?
- Albatta, katta yo‘qotish bo‘ldi. Abdurauf bizning eng asosiy futbolchilarimizdan biri hisoblanadi va bugungi uchrashuvda uning yo‘qligi ancha katta yo‘qotish.
- Jiyanovning jismoniy holati Rossiya chempionati darajasiga mosmi?
- Menimcha ha, uning yangi jamoasi mavsumga tayyorgarlikni endi boshlamoqda va ushbu jarayon davomida bosh murabbiy Yuran qaror qabul qiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi