01:24 / 30.06.2023
302

Maksim Shatskix: "Paxtakor" tarkibi albatta kuchaytiriladi"

Maksim Shatskix: "Paxtakor" tarkibi albatta kuchaytiriladi"

Coca Cola Superligasi 8-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" – "Andijon" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Maksim Shatskix matbuot anjumanida qatnashdi.

- O‘yin haqida

Birinchi navbatda, bizga hujumda tajovuzkorlik yetishmadi. Buni o‘yindan avval yigitlarga uqtirgandik. Afsuski, buni har bir o‘yindan avval aytishimizga qaramasdan, xohish borligi ko‘rinyapti, ammo tajovuzkorlik yo‘q. Hujumda tezkor harakat qila olmayapmiz. Afsuski, shunaqa o‘yinlar ham uchrab turadi. Raqib jamoa 2 ta zarba berdi va gol urishga erishdi. Bizda ikki taymda ham juda kap vaziyatlar yuzaga keldi, ammo yakuniy zarbani berishda oqsadik.

- Odil Hamrobekovning markaziy himoyada o‘ynatilishi himoyadagi muammolar borligidan darak beradimi yoki boshqa sabab bormi?

- Muammo yo‘q. Faqat oxirgi o‘yin bilan solishtirganda, tarkibni o‘zgartirmaslikka qaror qildik. Shu xolos.

- Uchrashuv taqdirini o‘zgartirishga kuch yetmay qolgandek tuyulmadimi?

- Sal oldin aytganimdek, boshidan yaxshi o‘ynashimiz kerak edi. Biz vaziyatlarimizdan foydalanganimizda, 2 ta gol urishimiz mumkin edi. Yana qaytaraman, hujumga kiryapmiz va deyarli raqib jarima maydonchasiga yorib kiryapmiz, biroq bundan unumli foydalana olmayapmiz. Afsuski, bizga yorqin forvard yetishmayapti. O‘zi to‘p qidiradigan, uni qabul qilib, ichkariga yorib kiradigan to‘qqizlik hujumchi yo‘q.

- Jamoaning keyingi rejalari qanday?

- Chetga chiqishni reja qilgandik, ammo shu yerda qoladigan bo‘ldik. Ish rejamiz barbod bo‘ldi. Xullas, o‘z qarorgohimizda bo‘lamiz. "Qayrat" bilan o‘rtoqlik o‘yini bor, shuni o‘tkazib qaytamiz.

- Jamoa kuchaytiriladimi?

- Albatta. Bu bilan anchadan beri shug‘ullanyapmiz. Yangi qon kerak, busiz rivojlanish bo‘lmaydi.

- Mahalliy futbolchilar xarid qilinadimi yoki xorijlik?

- Unisi ham, bunisi ham. Bu yo‘nalishda ancha paytdan beri ish olib boryapmiz. Jarayon oson emas. Tarkib albatta kuchaytiriladi. 

Agar tez-tez yangiliklar qilib turilmasa, bu yomon oqibatlarga olib keladi. Bu futbolda isbotlangan.

- Hojimat Erkinov qaytishi mumkinligi haqida ma’lumotlar bor..

- Ha, muzokaralar davom etmoqda. U bilan shartnoma tuzishni xohlaymiz, albatta. Erkinov tarkibimizni kuchaytirgan bo‘lardi. Ko‘ramiz. Barcha transfer yangiliklaridan boxabar bo‘lib borasiz. Yashiradigan narsamiz yo‘q.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Paxtakor" tarkibi albatta kuchaytiriladi"
ePN