date
views 252

"Andijon" klubi "Navbahor"ning Rubin Xebay bo‘yicha taklifini rad etdi

"Andijon" klubi "Navbahor"ning Rubin Xebay bo‘yicha taklifini rad etdi

Championat.asia ma’lumotlariga ko‘ra, "Andijon" klubi "Navbahor"ning Rubin Xebayni sotib olish bo‘yicha bergan taklifini rad etdi. Dastlabki taklif taxminan ikki milliard so‘m atrofida bo‘lgan.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Rubin Xebayning "Andijon" klubi bilan ikki yillik shartnomasi bor. Klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnomada 5.5 mlrd so‘m qilib belgilangan.

Uni o‘z safida ko‘rishni istagan klub ushbu so‘mmani to‘lab, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi narxi 450 ming yevro deb baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Andijon" klubi "Navbahor"ning Rubin Xebay bo‘yicha taklifini rad etdi