Tailanddagi U-17 Osiyo kubogida yarim finalgacha borgan hamyurtlarimiz bugun tunda yurtimizga qaytib kelishdi.
Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun chorak finalda Saudiya Arabistoni bilan to‘qnash kelgan terma jamoamiz Ollobergan Karimov va Dilshod Abdullayevning gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Koreya bilan o‘yinda esa ularga biroz omad yetishmadi. Bu borada Ollobergan Karimovning fikri quyidagicha bo‘ldi.
"Osiyo kubogi bir tarafdan yaxshi o‘tdi, boshqa tarafdan niyatimizga oxirigacha yeta olmadik. U yerga chempion bo‘lish uchun borgan edik. Xudoga shukur Jahon chempionatiga yo‘llanma oldik. Qolganini Indoneziyada ko‘rsatamiz. Saudiya Arabistoniga gol urganimdan so‘ng Jahon chempionatiga chiqishimizga shubham qolmadi. Dilshodning golidan keyin esa ikki karra ishonchimiz ortdi.
Janubiy Koreya bizga qaraganda bir kun ko‘proq dam oldi. Vaziyatlarimizdan foydalana olganimiz yo‘q", - deydi Ollobergan Karimov.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring