
Amerikalik ring-gyorl Arianni Selest rossiyalik Xabib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor jamoalari o‘rtasida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvni esladi.
Bu voqea Xabib va Makgregor o‘rtasidagi jangdan so‘ng sodir bo‘lgan edi.
"Bu aqlbovar qilmas darajada bo‘lgan edi! Men shunchaki boshqa qizlarga qarab, bu yerdan qutulish vaqti keldi deb o‘yladim. Do‘stim Bruklin buni qiziqish bilan tomosha qilar edi. Lekin, biz hammamiz kiyinish xonasiga yugurdik va orqamizda turgan qo‘riqchilar bizni itarib yuborishdi. Hech birimiz jabrlanmadik", - dedi Arianni Selest.
Eslatib o‘tamiz, Xabib UFC 229 turnirida Makgregorni to‘rtinchi raundda mag‘lub etgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar