Pochettino yana yetti futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi

Pochettino yana yetti futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi

Chelsi”da tarkibni tozalash ishlari jadal davom etmoqda. “Aristokratlar” iyun oyida bir nncha futbolchidan qutilishni uddaladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, bosh murabbiy Maurisio Pochettino iyul oyida yana yetti nafar futbolchini transferga qo‘yishga qaror qilgan.

Express nashrining yozishicha, murabbiylar shtabi kelasi mavsumda  Romelu Lukaku, Per-Emerik Obameyang, Kristian Pulishich, Kallum Xadson-Odoi, Sesar Aspilikueta, Trevo Chaloba va Mark Kukurelyaga o‘yin amaliyoti bermaydi.

Klub rahbariyati bu futbolchilar transferidan keladigan mablag‘ni Pochettino tanlagan yangi ijrochilarni olishga yo‘naltiradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar