"Paxtakor" legionerimizni ortga qaytardi

"Paxtakor" legionerimizni ortga qaytardi

"Paxtakor" tarbiyalanuvchisi sanalgan Hojimat Erkinov ijara asosida "sherlar" sharafini himoya qiladi.

Erkinov 2020, 2021 va 2022 yillarda "Paxtakor"ning chempionlikka erishishiga o‘z hissasini qo‘shgan. "Sherlar" tarkibida Superligada 37 o‘yinda 6 gol urgan, Chempionlar Ligasida esa 13 bahsda 2 gol muallifiga aylangan. Moskvaning "Torpedo" klubi bilan kelishuv asosida Erkinov bir yilga ijaraga olindi.

Ma’lumot uchun, "Torpedo" o‘tgan mavsum yakunlari bo‘yicha RPLni tark etgandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar