22:40 / 05.07.2023
616

Shomurodov Premer-liga klubi taklifini rad etdi. Muxlislar qanday fikrda?

Shomurodov Premer-liga klubi taklifini rad etdi. Muxlislar qanday fikrda?

Eldor Shomurodovning “Roma”dagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Joze Mourino kelasi mavsum ham unga yetarli  darajada o‘yin amaliyoti berishi dargumon.

Bir necha kundan beri o‘zbek hujumchisiga takliflar tusha boshladi. Gretsiyaning PAOK va Turkiyaning “Galatasaroy” jamoasi qatoriga Moskvaning “Spartak” klubi ham qo‘shildi.

Manbalarning ta’kidlashicha, Eldor Shomurodov agentlari bu chorlovni qabul qilmagan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori hali top-ligalarda o‘ynashdan umidini uzgani yo‘q. Eldorning hali Rossiya Premer-ligasiga qaytish rejasi yo‘q.

Rossiya premer-ligasini kuzatib borayotgan muxlislar “Spartak”ning Shomurodovga qiziqish bildirgani va o‘zbek futbolchisining javobini ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilmoqda.

Sports.uz portali e’tiboringizga futbol ishqibozlari munosabatini havola etadi.

Aleksandr Baskakov:

“Spartak”ga o‘tish pasayish bo‘ladi.

Ivan Ivanov:

“Spartak”ga kelsa, Shomurodov himoyada o‘ynashiga to‘g‘ri keladi. Jamoada yaxshi himoyachi yo‘q.

Maxim Yevdokimov:

“Spartak” bu transferni uddalagunicha, boshqalar tayyorgarlikni yakunlab bo‘ladi.

User01:

“Spartak”dagi o‘ynash uchun texnikasi kuchlimas, asabi metindek bo‘lishi kerak. Bu jamoada muhit shunaqa.

Aleksandr Danilov:

Shomurodovning hozirgi hujumchilar – Shamar Nikolson va Aleksandr Sobolevdan ustun tomoni bormi?

Omsk1716:

Eldor kelmaydi. “Roma”da Abraxam jarohat olgan. Kelasi mavsum Eldorda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish imkoni bor. Maoshi yiliga 2 million atrofida. Mourino o‘ynatmasa, Italiyaning o‘rtamiyona jamoalari albatta oladi. Turkiya varianti ham bor. “Spartak” 3 million maosh bersa, Shomurodov o‘ylab ko‘rishi mumkin.

Songbilong:

“Jenoa”dan ketib bekor qilgan edi...

Yura Georgiyevskiy (Songbilong fikriga javoban):

“Jenoa”da nima qilishni Shomurodovdan so‘rab o‘tirishmagan. Sport ham biznes.

Ilya Vladimirovich:

“Spartak”ga nimaga kerak? U qanday o‘yinchi ekanini isbotlab bo‘lgan.

Yura Georgiyevskiy:

Shomurodov “Spartak” chaqirsa darrov keladi, deb o‘yladilaringmi? “Spartak” qanaqa klub ekanini u bilmaydimi? Shomurodov agar bu klubga kelsa, muxlislari haqorat qilishini biladi. Unga shu kerakmi? Maoshini uch karra oshirsak ham kelmaydi, o‘zining asablari va sha’nini bundan ustun qo‘yadi. Aqlli futbolchilarni hurmat qilaman.

9wkbc9rjcb:

O‘zbekistonning o‘zida Shomurodov singari 20 yoshli futbolchilar o‘nlab topiladi. Seleksiyani to‘g‘ri olib borish kerak.

Aleksey Okatov:

Shomurodovga joy ochish uchun Nikolsonni sotib yuborish kerak.

Ben Gaan:

Shomurodov o‘yinida pasayish ketyapti.

Igor Pichugin:

“Spartak”ga kelib, borsh ichgandan ko‘ra, Italiyada qolib, rizottoni paqqos tushirgani ma’qul.

Ashan Sorokin:

Shomurodovga A Seriyada talab bo‘lib turganda Rossiyaga qaytib nima qiladi? Hammasi tushunarliku!

Dan Kennedy:

Eldor kelsa, Shamar Nikolson eng kam gol uradigan o‘yinchiga aylanadi.

Svyatoslav Fedorovich:

A Seriyaning bitta jamoasidan bo‘lsa ham Eldorga talab bo‘lib turganida Rossiyaga qaytmasligi aniq. Hatto katta maoshga ham.

Laudrup:

Shomurodov kuchli chempionatni tanlagan, u yerda top raqiblarga qarshi o‘ynayapti. Professionallar mana shunday o‘sadi.

“Jenoa”da zo‘r o‘ynagan. “Roma”dagi dastlabki mavsum ham yomon bo‘lgani yo‘q. Rossiyaga qaytishga har doim ulguradi. Hech qaysi aqlli futbolchi A Seriyaning hattoki audsayder jamoasini ham bizning botqoq chempionatimizga almashtirmaydi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov Premer-liga klubi taklifini rad etdi. Muxlislar qanday fikrda?