24 avgust kuni soat 13:00 da OFK bosh qarorgohida Chempionlar ligasining yangi mavsumiga qur’a tashlanadi.
Qur’ada "Paxtakor" 1-savatdan, "Nasaf" 2-savatdan joy oladi. Shuningdek, "Navbahor" hamda OKMK saralashdan muvaffaqiyatli o‘ta olsa, 4-savatdan o‘rin egallaydigan bo‘ldi. O‘zPFL bosh direktori va jurnalist Diyor Imomxo‘jayev Saudiya Arabistonining qaysi jamoalari mamlakatimizga kelishini mumkinligi haqida telegram kanalida yozib qoldirdi.
"Paxtakor" 1-savatchada. Shundan kelib chiqilsa, Benzema yoki Kante Toshkentga kelmasligi aniq. Biroq ularning jamoasi "Al Ittihod" "Nasaf" bilan raqib bo‘lishi mumkin. "Nasaf"ga "Al Hilol" ham raqib bo‘la oladi. Riyodliklar safida Rubin Nevesh, Kalidu Kulibali kabilar to‘p suradi. Shundan kelib chiqilsa, Qarshiga katta ehtimol bilan biror yulduz kelishi mumkin.
Ronaldu to‘p surayotgan "An-Nasr" saralashdan chiqib kelsa, "Paxtakor" yoki Nasafga raqib bo‘lishi mumkin. Ammo Ronaldu aniqki, Namanganga bormaydi. "Navbahor" saralashdan o‘tib olsa, xuddi Qarshiga kelishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni Namanganda ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
Bir mamlakat jamoalari guruh bosqichida o‘zaro to‘qnash kelmaydi", - deya post qoldirdi Imomxo‘jayev.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring