«PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfi klub hujumchisi Kilian Mbappega jiddiy talab qo‘ydi.
«Mbappe tekinga qo‘yib yuborilmaydi. Agar Kilian qolishni istasa, yangi shartnomani imzolashi kerak. Jahonning eng yaxshi o‘yinchisini tovon pulisiz qo‘ldan chiqarishni istamaymiz. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Kilian tezroq bir qarorga kelishi shart. Uzog‘i bilan ikki hafta ichida. Agar u shartnomani uzaytirishni istamasa, eshik ochiq. Bu nafaqat unga, boshqalarga ham taalluqli gap. Hech kim klubdan ustun bo‘la olmaydi. Hattoki men ham.
Biz dunyoning eng yaxshi futbolchisini tekinga qo‘yib yubora olmaymiz. Bu barcha uchun tushunarli bo‘lishi kerak», — dedi Nosir Al-Xelayfi.
Mbappening amaldagi kelishuvi 2024 yilga qadar belgilangan. Agar u shu yozda shartnomani uzaytirmasa, kelgusi mavsumda erkin agentga aylanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring