21:15 / 06.07.2023
308

Ilyos Zeytullayev Eldor Shomurodov qanday yo‘l tutishi kerakligi haqida gapirdi

Ilyos Zeytullayev Eldor Shomurodov qanday yo‘l tutishi kerakligi haqida gapirdi

Eldor Shomurodovning “Spartak”dan taklif olib, Rossiya Premer-ligasiga qaytishni rad etgani nafaqat muxlislar balki mutaxassislar tomonidan ham muhokama qilinmoqda.

Xususan, Italiya futboliga birinchi kirib borgan o‘zbekistonlik o‘yinchi Ilyos Zeytullayev hamyurtining A Seriyadagi imkoniyatlari, Rossiyaning eng mashhur jamoasi taklifi, Eldor qanday yo‘l tutishi kerakligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Italiyada hozircha hammasi jim-jit. Matbuotda Eldor Shomurodovning “Spartak”ga transfer qilinishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarga ko‘zim tushgani yo‘q. Balki bu haqidagi muhokamalarni ko‘rmay qolgandirman.

Agar Shomurodov A Seriya klublaridan aniq takliflar bo‘lsa, Italiyada qolishi kerak.

Menga uning hamyurti sifatida Yevropada uzoqroq muddat to‘p tepishi ko‘proq ma’qul ekanini aytib o‘tishim kerak. Balki Bundesliga yaxshi variantdir.

“Spartak” katta klub, faxr va hurmatga loyiq. Tarixini hech kim o‘chirib tashlay olmaydi. Bu jamoa Yevropa maydonlarida nimalarga erishganini hali hamon ko‘pchilik yaxshi eslaydi.

Shaxsan men uchun “Spartak” Rossiyaning eng buyuk klublaridan. Bolaligimda bu jamoaga qanday muxlislik qilganim, uning hayajonlarini hali ham yaxshi eslayman. O‘sha davrlar hamma “Spartak”da o‘ynashni orzu qilardi.

Eldor qayerda to‘p tepishini o‘zi tanlashi kerak.

Rossiyada Shomurodovni yaxshi bilishadi, u Premer-ligada yaxshi o‘ynagan. Lekin yetakchi chempionatlarda o‘ynash imkoniyati bo‘lib turgan bir pallada o‘z kuchini aynan mana shunday ligalarda sinab ko‘rgani ma’qul, - dedi Ilyos Zeytullayev.

Ta’kidlash lozimki, Zeytullayevning o‘zi “Yuventus” tarbiyalanuvchilaridan hisoblanadi. 2001 yili Ilyos Moskvaning “Akademika” jamoasidan Turin superklubi yoshlar jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi.

Keyinchalik hamyurtimiz Italiyaning turli ligalarida “Rejina”, “Krotone”, “Jenoa”, “Vichensa”,  “Verona”, “Peskara”, “Virtus Lansiano”, “Kupella Kalsio”, “Torino” va Xorvatiyaning “Goritsa” jamoalarida to‘p tepdi.

Zeytullayev O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘n marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marta ishg‘ol qilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Ilyos Zeytullayev professional faoliyatini tugatganidan keyin futboldan uzoqlashgani yo‘q. Ayni paytda u murabbiylik faoliyatini boshlab yuborgan.

Zeytullayev hozir Italiyaning “Virtus Kupello” jamoasiga bosh murabbiylik qilmoqda.  Ilyos  O‘zbekiston, Rossiya va Italiya futbolini yaxshi biladigan mutaxassis sifatida tanilgan.

Eldor Shomurodov kuchli beshlik chempionatlarida to‘p tepgan o‘zbekistonlik ikkinchi futbolchi hisoblanadi. Ilyos Zeytullayevdan farqli ravishda Eldorning faoliyati yorqinroq boshlangan edi.

28 yoshli hujumchimiz kuchli beshlik chempionatlarida gol urgan birinchi o‘zbek futbolchisi sifatida tarixda nom qoldirgan. Eldor o‘zi o‘ynagan uchta jamoa – “Jenoa”, “Roma” va “Spetsiya” uchun gol ura olgani ham uning yutug‘i.

Eng muhimi, Eldor Shomurodov Italiyadagi faoliyati davomida nufuzli sovrin – UYEFAning Konferensiyalar kubogida g‘olib chiqqan.

Endi esa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori faoliyatini izga solib olishi talab etiladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilyos Zeytullayev Eldor Shomurodov qanday yo‘l tutishi kerakligi haqida gapirdi