Eshitishimizga qaraganda, «Nasaf» gruziyalik yarim himoyachi bilan tez orada rasman shartnoma imzolaydi. Djaba Jigauri faoliyatining asosiy qismini mamlakatning ikki grand jamoalari - «Dinamo» Tbilisi va «Dinamo» Batumida muvaffaqiyatli o‘tkazgan. Shuningdek, Jigauri faoliyati davomida Fransiya, Makedoniya va Qozog‘iston ligalarida ham o‘ynagan.
Djabaning maydondagi asosiy pozitsiyasi markazda bo‘lib, futbolchi markaziy va hujumchi ortida insayd rolida ham o‘ynashi mumkin. Jigauri yarim himoyachi bo‘lishiga qaramasdan faoliyati davomida 86ta gol urib, 40 marotaba assist qayd etgan.
Djaba Jigauri Gruziya milliy jamoasi a’zosi sanaladi va termada 22ta o‘yin o‘tkazgan.
Djaba Gruziya futbolining yorqin yulduzi Xvicha Kvaratsxeliya bilan Batumida birga to‘p tepgan.
Futbolchi tez orada Qarshiga kelishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!