07:00 / 14.07.2023
218

"Andijon"ning yig‘iniga turkiyalik futbolchi qo‘shildi

"Andijon"ning yig‘iniga turkiyalik futbolchi qo‘shildi

"Andijon" matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bugun jamoaning yig‘ininga turkiyalik 19 yoshli futbolchi Mehmet Ilhan qo‘shildi. U “Antalyaspor” U-21 jamoasida o‘zini ko‘rsatgan. Yozgi yig‘inda esa “Antalyaspor” bosh murabbiyi Nuri Shaxin tomonidan asosiy jamoaga jalb qilingan. Aytish joizki, Ilhan ikkala qanot yarim himoyasida o‘ynay oladi.

Xabaringiz bo‘lsa kerak, “Andijon” klubini “Antalyaspor” bilan o‘zaro hamkorlik borasida kelishuvi yo‘lga qo‘yilgan. Yodingizda bo‘lsa, qishda Rubin Xebay aynan "Antalyaspor"ning tavsiyasiga ko‘ra taklif qilingandi.

Endilikda mazkur hamkorlik doirasida “Antalyaspor” Ilhanni “Andijon” klubining taklifiga binoan ko‘rikka kelishiga rozilik bildirdi. Shu bois jamoaning mazkur yig‘ini davomida futbolchi ko‘rikda bo‘ladi.

Shuningdek, bugun “Andijon”ning to‘purari Rubin Xebay ham klub ixtiyoriga qo‘shildi. Qolaversa, birinchi davrani “Navbahor-Farm”da o‘tkazgan hujumkor futbolchi Ibrohim G‘anixonov ham andijonliklar safida shug‘ullanmoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Andijon"ning yig‘iniga turkiyalik futbolchi qo‘shildi