15:55 / 16.07.2023
169

Saudiyadaga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan APL yulduzlari

Saudiya Arabistoni klublari bir qancha yulduzlarni o‘z tarkibiga qo‘shib olishda davom etadi. Jamoalar nafaqat futbolchilarni erkin agent sifatida olib kelyapti, balki ular o‘yinchilarni sotib olishga ham urinmoqda. Ruben NevishSergey Milinkovich-Savich va Kalidu Kulibali kabi futbolchilarning tashrifiga yaxshigina pullar sarflandi. Saudiya klublarining to‘xtash niyati yo‘q. Qiziqarlisi, "Liverpul"dan ketganlar va klub vakillariga ushbu mamlakatning jamoalaridan takliflar bor. O‘zi umuman, Saudiyaga yo‘l olayotganlarning ko‘pchiligi APL futbolchilari hisoblanadi.

Fabino - "Al-Ittihod"

"Liverpul" yarim himoyachisi "Al-Ittihod"ga o‘tishga yaqin turibdi. Saudiya klubi va braziliyalik futbolchi o‘zaro kelishib oldi. Fabino bilan 3 yillik bitim imzolanadi. Endilikda ikkala jamoa muzokaralarni boshlashi kerak. Ushbu transfer taxminan 40 million funtga amalga oshishi mumkin. Shuningdek, 30 yoshli yarim himoyachi Germaniyaga "Liverpul" bilan uchib ketmasligi ma’lum bo‘ldi. U tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Saudiyaga yo‘l oladi. Mersisaydliklar esa Fabinoning o‘rnini to‘ldirish uchun bir qancha variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida "Sautgempton"dan Romeo Laviya favorit bo‘lib turibdi. 19 yoshli ingliz uchun "avliyolar" kamida 40 million funt talab qilmoqda.

Jordan Xenderson - "Al-Ittifoq"

"Liverpul"ning yana bir yarim himoyachisi Xenderson ham klubni tark etishga qaror qildi. U o‘ziga unchalik begona bo‘lmagan Stiven Jerrard bilan birgalikda ishlash arafasida turibdi. Angliyalik mutaxassis va Jordan 2011-2015 yillar oralig‘ida "Liverpul"da to‘p tepgan. Yarim himoyachi uchun kelasi mavsum mavhumroq bo‘lib turgandi. Sababi, rahbariyat Dominik Soboslai va Aleksis Makallister transferlarini amalga oshirdi. Bu ikkita yarim himoyachi katta ehtimol bilan asosiy tarkibdan joy olishi kutilmoqda. Shunday ekan, Xendersonni ushlab qolish uchun ko‘p ham harakat qilmayapti. Jordan "Al-Ittifoq" bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib olgan. Uning yangi jamoasidagi maoshi haftasiga 700 ming funt bo‘ladi. "Liverpul" esa 20 million funt istamoqda. Saudiyaliklar bu narxni tushirish niyatida. Muzokaralar davom etmoqda.

Riyod Mahrez - "Al-Ahli"

Yaqindagina o‘z tarkibiga Roberto Firminoni qo‘shib olgan "Al-Ahli"ning keyingi maqsadi Riyod Mahrezni sotib olishdir. Insayder Rudi Galettining so‘zlariga ko‘ra, jazoirlik vinger Saudiya klubiga o‘tishga rozi. Avvalroq, u taklifni qabul qilishga ikkilanayotgandi. Ammo futbolchi bir necha kun oldin qaror qilib bo‘ldi. "Manchester Siti" hali javob bergani yo‘q. Ammo klub kim ketishni istayotgan bo‘lsa, uni qo‘yib yuborishga tayyor. Shunchaki rahbariyat ayni dam Kayl Uokerning "Bavariya" o‘tishi va uning o‘rniga Benjamin Pavarni sotib olishga harakat qilmoqda. Bu transferlar amalga oshib bo‘lgachMahrez masalasi bo‘yicha muzokaralar boshlanadi. "Al-Ahli" Riyod uchun 30 million funt taklif qilmoqchi.

Tomas Parti - "Al-Ahli"

Parti "Arsenal"dagi o‘rinini tobora yo‘qotib bormoqda. "KanonirlarDeklan Raysni sotib olganidan keyin, ganalik futbolchi zaxirada ko‘p vaqtini o‘tkazishi mumkin. Unga Saudiyadan tashqari, Italiyadan ham qiziqishlar bor. Agarda "Arsenal"ga yoqadigan taklif kelsa, klub uni qo‘yib yuborishga tayyor. Londonliklar bu transferdan 30 million evro ishlab olishni reja qilgan. Ayni vaqtda futbolchi kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo‘q. U klubni tark etishga rozi bo‘lsa, faoliyatini Saudiyada davom ettirish ehtimoli yo‘q emas. Bir qancha jamoalar uni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. "Al-Ahli", "Al-Halij" va "An-Nasr"lar asosiy kurashda bor. Bu klublar 30 million evro to‘lashga tayyor, lekin hali so‘nggi qaror qabul qilinmagani uchun harakatni boshlashgani yo‘q.

Aleksandar Mitrovich - "Al-Hilol"

"Fulxem"ning ayni paytdagi eng asosiy futbolchilaridan biri hisoblangan Mitrovich ham Saudiyadan chaqiriq oldi. 28 yoshli serb yakuniga etgan mavsumda 28 ta o‘yinda 19 ta golda ishtirok etdi. Hujumchi "Al-Hilol"ga o‘tishga rozilik bildirgan. Ammo hali "Fulxem" bilan kelishuv amalga oshmadi. Klub 30 million funtlik taklifni rad qildi. Tez orada ikkinchi taklif yuborilishi kutilmoqda.

Saudiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar kundan kunga ortib bormoqda. Aslini olganda Bernardu Silva, Romelu Lukaku va Muhammad Saloh kabi futbolchilarga takliflar bor. Ammo mazkur o‘yinchilarning Saudiya Arabistoniga o‘tish ehtimoli past.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiyadaga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan APL yulduzlari