07:00 / 17.07.2023
127

Tennis. Uimbldon finalida 20 yoshli Karlos Alkaras Novak Jokovichni mag‘lub etdi

Tennis. Uimbldon finalida 20 yoshli Karlos Alkaras Novak Jokovichni mag‘lub etdi

Foto: Getty Images

Tennis bo‘yicha “Ulkan toj” turkumiga kiruvchi Uimbldon musobaqasining final bahsi bo‘lib o‘tdi.

Amaldagi chempion Novak Jokovich finalda Karlos Alkarasga imkoniyatni boy berib qo‘ydi — 1:6, 7:6(6), 6:1, 3:6, 6:4. O‘yin 4 soat-u 43 daqiqa davom etdi.

Shu tariqa, 20 yoshli Alkaras o‘z faoliyatida ikkinchi bor “Ulkan toj”da g‘alaba qozondi va dunyoning birinchi raketkasi sifatida qoldi. U US Open — 2022 chempioni hisoblanadi.

Shuningdek, Karlos Uimbldon finalida 2003 yildan buyon chempionga aylangan kuchli to‘rtlik vakili bo‘lmagan ilk tennischiga aylandi. Bunga qadar Rojer Federer (2003-2007, 2009, 2012, 2017), Rafael Nadal (2008, 2010), Novak Jokovich (2011, 2014-2015, 2018-2019, 2021-2022) va Endi Marrey (2013, 2016) ushbu turnirda zafar quchgan.

Uimbldon

Final

Karlos Alkaras (Ispaniya) — Novak Jokovich (Serbiya) 1:6, 7:6(6), 6:1, 3:6, 6:4.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tennis. Uimbldon finalida 20 yoshli Karlos Alkaras Novak Jokovichni mag‘lub etdi
ePN