11:23 / 18.07.2023
105

O‘zbekiston terma jamoasi CS:GO bo‘yicha Osiyo chempioniga aylandi (video)

O‘zbekiston terma jamoasi CS:GO bo‘yicha Osiyo chempioniga aylandi (video)

Foto: Kibersport federatsiyasi

Saudiya Arabistonida o‘tgan kibersportning Counter-Strike: Global Offensive (CS:GO) turi bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Grand finalda o‘zbekistonlik kibersportchilar Mo‘g‘ulistonga qarshi bahs yuritdi va g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alaba jamoaga Jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etdi.

Ushbu g‘alaba evaziga o‘zbekistonlik kibersportchilar 7 ming dollar mukofot puliga ega bo‘ldi.

Uchinchi o‘rinni Indoneziya jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Falastin terma jamoasi to‘rtinchi bo‘ldi.

Musobaqada O‘zbekiston sharafini TT.Team (Traffic Tashkent Team) jamoasi himoya qildi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi CS:GO bo‘yicha Osiyo chempioniga aylandi (video)