Marko Simonovskiy "Qizilqum" jamoasi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Superilganing ikkinchi davrasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qizilqum" jamoasi tarkibni kuchaytirish maqsadida navbatdagi transferni amalga oshirdi.
Shimoliy Makedoniya kubogi sohibi, markaziy hujumchi Marko Simonovskiy endilikda jamoamiz sharafini himoya qiladi", - deyiladi xabarda.
Marko haqida ma’lumot:
Ism sharifi: Marko Simonovskiy.
Tug‘ilgan kuni: 02.01.1992 y.
Tug‘ilgan joyi: Skope — Shimoliy Makedoniya.
Pozitsiyasi: Hujumchi.
O‘ynagan jamoalari: "Metallurg Skope" (Shimoliy Makedoniya), "Vardar" (Shimoliy Makedoniya), "Amkar" (Rossiya), "Split" (Xorvatiya), "Jetisu" (Qozog‘iston), "Shaxtyor" (Qozog‘iston), "Laxti" (Finlandiya), "Volontari" (Ruminiya), "Shepshi" (Ruminya), "Drita" (Kosovo).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!