Nursulton Ro‘ziboyev shu yilning 4 noyabr kuni Braziliyadagi #UFCFightNight oqshomida mahalliy jangchi Kayo Borraloga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
E’tiborlisi, Kayo o‘tgan yili Mahmud Murodovni hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub qilgandi.
Braziliyalik jangchi faoliyati davomida 15 jang o‘tkazgan, 13 g‘alaba, faqat bir marta mag‘lub bo‘lgan. Bir jangi o‘tkazilmagan deb topilgan.
Eslatib o‘tamiz, Nursulton Ro‘ziboyev (36-8-2) UFC promoushenidagi debyut jangida braziliyalik yengilmas jangchini birinchi raunddayoq tinchitgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar