PSJ Kilian Mbappenga nisbatan keskin choralar ko‘rib, unga bosim o‘tkazmoqchi.
24 yoshli hujumchi 2024 yilda klubni tekinga tark etish niyatida ekanligini aytib, PSJ bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan edi. Parij jamoasi Kilian shartnomani uzaytirmasa, uni yozda sotishga tayyor, chunki klub futbolchini tekinga qo‘yib yuborishni istamaydi.
"The Athletic" nashri xabariga ko‘ra, PSJ Mbappeni kelajak haqida qaror qabul qilishga majburlash uchun turli yo‘llar bilan bosim o‘tkazmoqchi. Xususan, forvard shartnoma bo‘yicha o‘z o‘rnini saqlab qolsa, uni zaxira o‘rindig‘iga "mixlamoqchi".
PSJ Mbappe bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytirish va 2024 yilda Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlaridan keyin sotish variantini eng foydali deb hisoblamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!