"Roma" vakili bo‘lgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovga Italiyaning "Kalyari" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik. "Kalyari" futbolchimizni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
"Tuttomercato" nashri xabariga ko‘ra, Italiya klubining hujumdagi asosiy maqsadi - Shomurodov bo‘lib turibdi. Tomonlar yaqin kunlarda uchrashishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodovga bungacha PAOK, "Galatasaroy", "Lechche" va "Jirona" jamoalari ham qiziqish bildirgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar