08:52 / 22.07.2023
477

“Roma” muxlislari Shomurodov transferiga qanday munosabatda?

“Roma” muxlislari Shomurodov transferiga qanday munosabatda?

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto bosh murabbiy Joze Mourinoning kelasi mavsum uchun rejalariga kiritilmagan Eldor Shomurodovni boshqa jamoaga o‘tkazib yuborishga harakat qilmoqda.

Legionerimizda faoliyatini A Seriyada davom ettirish imkoni bor. Shu bois, 28 yoshli hujumchi Gretsiyaning PAOK, Rossiyaning “Spartak” va Turkiyaning “Galatasaroy” jamoalaridan bo‘lgan chorlovlarga e’tibor qaratmoqda.

Italiyaning bir necha ommaviy axborot vositalari Rim klubi mutasaddilari Shomurodov transferi  bo‘yicha A Seriya  vakillari – “Lechche” va “Kalyari” klublari bilan muzokaralarni davom ettirayotganini yozmoqda.

Poytaxt klubi sport direktori Tyagu Pinto ijara shartnomasiga keyinchalik futbolchini sotib olish majburiyatini qo‘shmoqchi. Klublar bu majburiyatni bo‘yniga olmoqchi emas. Ula sotib olish huquqini berishni so‘rayapti.

Tabiiyki, Eldor Shomurodov atrofidagi vaziyat “Roma” muxlislari e’tiboridan chetda qolayotgani yo‘q. Ular ijtimoiy tarmoqlarda bu borada o‘z fikr-mulohazalarini birdirmoqda.

Sports.uz cayti o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga rimlik muxlislarning munosabatini havola etadi.

Laric62480:

Eldor Shomurodov faoliyati Joze Mourino tufayli izdan chiqqan yana bir futbolchi hisoblanadi. Rimga kelganidan keyin o‘yin amaliyotisiz qolib ketdi va transfer narxi ikki baravar arzoladi.

Manoncavetenulladafa:

“Roma” bir necha kerakli o‘yinchilarni ham sotib yuboryapti.

M4rc0:

Markaziy hujumchilar masalasida “Roma”ning ishi yurishmayapti.

carlop97:

Shomurodov transferi uchun “Jenoa”ga 17 million evrodan ko‘p mablag‘ to‘langan. Endi uni sotib yuborish orqali bu pullarning katta qismini qaytarib bo‘lmaydi. Bu vaziyat yangi kelgan o‘yinchilarning hammasini qo‘rqitib qo‘yadi. Shomurodov Rimda qolishi kerak.

Utente1910:

Shomurodov omadsiz transfer bo‘lib chiqdi. Temmi Abraxam uchun ham 40 million evro sarflanganini oqlamayman. Bular Tyagu Pinto o‘z ishini eplay olmaganini ko‘rsatadi.

Dipasrm:

“Roma” Shomurodovni boshqa klubga berib yuborishga majbur bo‘ladi, deb o‘ylayman. Biroq, uni ketkazishdan oldin Eldor uchun qancha pul to‘langanini bir o‘ylab ko‘ring.  

Vxl 992113:

Shomurodovni sotib yubormaslik kerak.

Grad:

Eldor Shomurodov boshqa jamoaga o‘tsa yaxshi bo‘ladi. Eldor muxlislar samimiy omad tilaydigan kamsonli o‘yinchilardan biri. Unda bitta Evrokubok naqd.

Eldor kamtar va mehnatkash yigit. Ishlarida omad tilaymiz va u hammasini uddalaydi.

Ta’kidlash joizki, Eldor Shomurodov 2020 yilning oktyabrida Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tganidan keyin, A Seriyada uchta jamoa – “Jenoa”, “Roma” va “Spetsiya” sharafini himoya qildi. Hamyurtimiz rimliklar safida UEFA Konferentsiyalar ligasi g‘olibi bo‘ldi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Roma” muxlislari Shomurodov transferiga qanday munosabatda?