09:33 / 22.07.2023
299

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan birga JCH-2034ni qabul qilmoqchi

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan birga JCH-2034ni qabul qilmoqchi

Kuni kecha Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l viloyatida Markaziy Osiyoning turkiyzabon davlatlari futbol assotsiatsiyalari mutasaddilari ishtirokida sammit bo‘lib o‘tdi.

Assotsiatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishga qaratilgan uchrashuvda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirok etdi.

Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan ushbu uchrashuvda tomonlar har bir futbol assotsiatsiyasining muvaffaqiyatli rivojlanishining asosiy omillari infratuzilmani yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirish va yetarli mablag‘ bilan ta’minlash ekanini ta’kidlab, har bir futbol assotsiatsiyasining muvaffaqiyati mintaqa uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdilar.

Bundan tashqari, futbolchilar va hakamlar yig‘inlarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani barpo etish bo‘yicha o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. Yig‘ilish ishtirokchilari xalqaro miqyosdagi turnirlarni, jumladan, turli yosh toifasidagi jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarini birgalikda tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Championat.asia sayti ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston futbol federatsiyasi rahbari Adilet Barmenqulov yig‘ilish chog‘ida O‘zbekiston bilan birgalikda 2034 yil kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish rejasini o‘rtaga tashladi. So‘nggi yillarda ikki federatsiya o‘rtasidagi do‘stona aloqalar yuqori bosqichga chiqayotganini terma jamoalar va klublarimiz o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etilayotgani bilan bog‘lash mumkin.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozog‘iston O‘zbekiston bilan birga JCH-2034ni qabul qilmoqchi