21:57 / 22.07.2023
168

"Bunyodkor" brazil va serb futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi (foto)

"Bunyodkor" brazil va serb futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi (foto)

"Bunyodkor" yangi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"O‘z oldiga doimo jiddiy maqsadlarni qo‘yadigan “Bunyodkor” mavsumni yuqori o‘rinlarda yakunlash maqsadida tarkibni kuchaytirdi.

So‘nggi ikki kun ichida bir yo‘la ikki nafar xorijlik futbolchi “qaldirg‘och”ga aylandi. Xususan, kecha braziliyalik chap qanot himoyachisi Velington Taira “Bunyodkor” libosini kiygan bo‘lsa, bugun serbiyalik yarim himoyachi Milan Marchich bilan shartnoma imzolandi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, Tairaning so‘nggi jamoasi Moldovaning “Belts”i bo‘lsa, Marchich mavsumning birinchi qismini o‘z yurtida “Mladost” klubida o‘tkazgan", - deyiladi xabarda.

Ikki futbolchi haqida ma’lumot:

VELINGTON TAIRA.

Tug‘ilgan sanasi: 10.04.1996.
Fuqaroligi: Braziliya. 
Ampluasi: chap qanot himoyachisi.
So‘nggi klubi: “Belts” (Moldova).
Bo‘yi: 1.78 sm. Vazni: 77 kg.


MILAN MARChICh.

Tug‘ilgan sanasi: 14.03.1996 yil.
Fuqaroligi: Serbiya .
Ampluasi: yarim himoyachi.
So‘nggi klubi: “Mladost” (Serbiya).
Bo‘yi: 1.85 sm. Vazni: 81 kg.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bunyodkor" brazil va serb futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi (foto)