Metyu Stinvorden "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi.
30 yoshli markaziy himoyachi "sherlar"ning yangi futbolchisiga aylandi. U bilan bir yarim yillik shartnomaga imzo chekildi.
"Feyenoord" klubi tarbiyalanuvchisi sanalgan Stinvorden hozirgacha Gollandiyaning "Feyenoord", "Ekselsior", "Dordrext", "Kambuur" va Xorvatiyaning "Goritsa" klublari sharafini himoya qilgan. 2019 yildan beri Xorvatiya klubida o‘ynagan.
Faoliyatida chempionatlarda 250 o‘yinda 15 gol muallifi bo‘lgan. Stinvorden "Paxtakor"da o‘ynaydigan niderlandiyalik birinchi futbolchiga aylanadi. U "Paxtakor"ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar