date
views 421

Eldor Shomurodov: O‘tgan mavsum juda qiynaldim

Eldor Shomurodov: O‘tgan mavsum juda qiynaldim

Eldor Shomurodov "Roma"dan ijara asosida "Kalyari"ga o‘tdi. Klub uni tanishtiruv marosimini o‘tkazdi va hujumchi jurnalistlarning ayrim savollariga javob berdi. Futbolchi matbuot anjumanida Joze Mourino bilan munosabatlari va kelasi mavsumdagi rejalari haqda gapirdi.

"Joze Mourino menga doim g‘alaba qozonishga harakat qilishni o‘rgatdi. Men undan ko‘p narsa o‘rgandim. U har doim o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yadi. Moruino murabbiylik qilayotgan jamoalarida katta mas’uliyatni his qiladigan inson".

O‘tgan yili men uchun juda qiyin bo‘ldi. Hozir esa yangi jamoamga moslashyapman. Bunda menga yangi do‘stlarim yordam bermoqda".

"Raneri kabi murabbiylar bilan ishlay olaman. U haqida ko‘p gapirish shart emas. Mutaxassisni qanday natijalarga erishganini ko‘rganman. Ishonchim komilki, u menga yordam bera oladi. Klaudio mendan ta’tilda qancha vaqt mashg‘ulot o‘tkazganimni so‘radi. Men "ozgina" deb javob berdim. Tezroq maydonga qaytishni intiqlik bilan kutyapman.

O‘zimni Italiyada juda yaxshi his qilmoqdaman. Avvaliga, vatanimni sog‘ingandim. Hozir esa bu yer mening ikkinchi uyimdek, "Kalyari"da "Jenoa"dagidek o‘zimni ko‘rsata olaman, deb o‘ylayman".

Ayni paytda Shomurodov bilan tandemda o‘ynashi kutilgan Lapadula jarohat olgan. Deyarli 3 oyga safdan chiqqan hujumchi jamoaning eng asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. U o‘tgan mavsum "Kalyari" tarkibida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urgan va 5 ta assist amalga oshirgan.

Nikola Skiraning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda sardiniyaliklar 33 yoshli straykerga o‘rinbosar izlamoqda. Variantlar orasida "Monsa" vakili Andrea Petanya ham bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov: O‘tgan mavsum juda qiynaldim