10:44 / 30.07.2023
250

UFC 291. Jastin Getji 2-raundda Dastin Poreni nokautga uchratdi va boshqa natijalar (video)

UFC 291. Jastin Getji 2-raundda Dastin Poreni nokautga uchratdi va boshqa natijalar (video)

AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida O‘zbekiston vaqti bilan 30-iyul tongida UFC 291 musobaqasi o‘tkazildi.

Oqshomning asosiy jangi yengil vazn toifasi vakillari Jastin Getji va Dastin Porye o‘rtasida kechdi. Ikkinchi raundda Getji haykik zarbasi bilan Poryeni nokautga uchratdi. Shu tariqa Getji BMF kamariga ega chiqdi.

Yana bir markaziy jangda Aleks Pereyra uch raund davom etgan jangda Yan Blahovichdan ustun keldi.

Asosiy kard natijalar bilan tanishing:

  • Jastin Getji 2-raundda Dastin Poryeni nokautga uchratdi.
  • Aleks Pereyra ochkolar evaziga Yan Blahovichni mag‘lub etdi.
  • Derrik Lyuis 1-raundda Rojeriu de Limani nokaut qildi.
  • Bobbi Grin 3-raundda sabmishen orqali Toni Feryusonni yutdi.
  • Kevin Holland 1-raundda Maykl Kyezani sabmishen bilan yutdi.


UFC 291, Jastin Getji, Dastin Pore, Nokaut

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC 291. Jastin Getji 2-raundda Dastin Poreni nokautga uchratdi va boshqa natijalar (video)