11:13 / 31.07.2023
190

Samvel Babayan: "Ertaga "Navbahor" tarkibida yangi o‘yinchi paydo bo‘ladi. U himoya chizig‘i vakili"

Samvel Babayan: "Ertaga "Navbahor" tarkibida yangi o‘yinchi paydo bo‘ladi. U himoya chizig‘i vakili"

Coca Cola Superliganing 14-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.

O‘yin haqida

- "Qizilqum" bugungi kunda yaxshi o‘yin ko‘rsatadigan jamoa. Ijrochilar ham juda ajoyib ko‘rinishda. Murabbiylar shtabi ham ularda yaxshi ish olib bormoqda. Bir necha vaziyatlarda kamchiliklarga yo‘l qo‘ydik. Biroq, yigitlarning mahorati evaziga vaziyatni o‘nglashni uddasidan chiqdik. Ikkinchi taymda qilgan o‘zgarishlarimiz samara berdi. Bu g‘alaba qanchalik muhim ekanini hamma tushundi. Muxlislarimizga katta rahmat. Ular xursand bo‘lishlari uchun barcha ishni qilamiz.

- Davron Hoshimov zaxiraga olinishiga sabab?

- Davronda noqulaylik bo‘ldi. Ba’zi vaziyatlarda o‘ng qanotdan raqib vaziyat yarata oldi. Doktorlar Davronga dam berishni maslahat berishdi. Bundan tashqari, unda sariq kartochka bor edi. Shu sabab ham biz uni zaxiraga oldik.

- Bugungi o‘yinda jamoaga yangi qo‘shilgan Tabatadze va Abdumannopov ikkinchi bo‘limda maydonga tushirildi. Ularning o‘yinidan qoniqish hosil qildingizmi?

- Tabatadzeni anchadan beri kuzatib kelayotgandik. U bugun ham maydonga tushdi va o‘z darajasini ko‘rsatib qo‘ydi. Yaxshi darajadagi hujumchi. Abdumannopov ham maydonga tushib, jamoaga foyda keltirdi. Bizda zahiradagi barcha futbolchilar o‘yinni kuchaytira olishadi. Hamma asosiy tarkib uchun nomzod. Kichik e’lon desak ham bo‘ladi. Ertaga "Navbahor" tarkibida yana bir yangi o‘yinchi paydo bo‘ladi.

- "Navbahor" transfer oynasida Tabatadzeni hisobga olmaganda biror katta transfer amalga oshirmadi. Bunga sabab nima?

- Bizda tarkib juda yaxshi. Hujumchiga bizda ehtiyoj bor edi. Hujumchi bilan shartnoma imzoladik. Ertaga tarkibda yana bir kuchayish bo‘ladi. U hujumkor futbolchi emas, himoya zonasida bo‘ladi. Himoya bizdagi eng barqaror nuqta bo‘lsa ham biz bu pozitsiyada raqobatni yuzaga keltirishga harakat qilamiz.

-  Tabatadzeni transfer qilinishi OCHLda jamoaga hujumchi kerakligi bilan bog‘liqmi?

- Tabatadzening darajasi OCHLda ham, mahalliy chempionatda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishga imkon beradi. Biz raqiblarning kuchini bilamiz. Bizda shunchaki raqobat bo‘lishi kerak edi. Abduholiqov va Tabatadze menimcha yaxshi juftlikni hosil qilishadi.

- Transfer bozorida Masharipovning "Navbahor"ga o‘tishi borasida mish-mish tarqaldi...

- Hamma tranfserlar jimlikda amalga oshiriladi. Vaqt ko‘rsatadi. Jalol mening tarbiyalanuvchim. U hozir futbolimiz yuzi va terma jamoamiz yetakchisi. Ko‘ramiz. Biz har doim kerak paytda, kerakli qarorni qabul qila olamiz.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: "Ertaga "Navbahor" tarkibida yangi o‘yinchi paydo bo‘ladi. U himoya chizig‘i vakili"