23:38 / 31.07.2023
254

"Paxtakor" o‘z safiga eronlik futbolchini qo‘shib oldi

"Paxtakor" o‘z safiga eronlik futbolchini qo‘shib oldi

"Paxtakor" yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida tarikbini yana bir legioner bilan to‘ldirdi.

PFLning xabar berishicha, "Paxtakor" Kimi Merk, Pavel Pavlyuchenko, Metyu Stinvordenlardan tashqari eronlik Muhammad Rizo Kushkini ro‘yxatdan o‘tkazgan.

19 yoshli Muhammad Rizo erkin agent sifatida "sherlar" safiga qo‘shildi. Eronlik futbolchi hamda Toshkent klubi o‘rtasida tuzilgan bitim 2026 yilgacha amal qiladi.

2004 yilda tug‘ilgan vinger "Paykon" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning so‘nggi jamoasi "Shahrdari Hamedan" klubi bo‘lgan.

Ta’kidlash lozimki, futbolchiga Niderlandiyaning "Feyenoord" klubi jiddiy qiziqish bildirgandi, hattoki ushbu jamoa safida nazorat uchrashuvida ham maydonga tushgandi, biroq Kushki hamda uning agentini "Paxtakor"ga o‘tishga ko‘ndira olishdi.

Kushki 2020, 2021 va 2022 yillarda Eron U-19 chempionatlarida uch marta to‘purar bo‘lishga erishgan.

Transfermarkt portali ushbu futbolchini 75 ming yevroga baholamoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" o‘z safiga eronlik futbolchini qo‘shib oldi