22:11 / 01.08.2023
340

O‘zbekiston kubogi. "Nasaf" super bellashuvda "Buxoro"ni mag‘lub etdi

O‘zbekiston kubogi. "Nasaf" super bellashuvda "Buxoro"ni mag‘lub etdi

O‘zbekiston kubogi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Buxoro" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 4:3 hisobida zafar quchdi.

Maydon egalari safida gollarga Davronov, Chaves, Lima Kruz va Amonov mualliflik qildi. Mehmonlarning uch goli Stanisavlevich, Ibrohimov va Norxonov nomiga qayd etildi.

Shu tariqa, qarshiliklar chorak finalga yo‘l oldi. "Buxoro" esa 1/8 finalda o‘z yurishini to‘xtatdi.

NASAF — BUXORO 4:3

Gol: Aleksandar Stanisavlevich (penalti) 10, 0:1, Alibek Davronov 45+6, 1:1, Farruh Ibrohimov 52, Andres Chaves 57, 2:2, Lima Kruz 67, 3:2, Shohruz Norxonov 84, 3:3, Aziz Amonov 4:3

"Nasaf":  35. Abduvohid Ne’matov, 2. Alibek Davronov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Akmal Mozgovoy, 8. Zafarmurod Abdirahmatov, 10. Andres Chavez, 17. Suhrob Nurulloyev, 18. Bahrom Abdurahimov, 21. Doniyor Narzullayev, 88. Marko Stanoyevich, 92. Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 4. Husniddin Aliqulov, 19. Mateus Lima Kruz, 25. Bekjon Rahmatov, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 32. Zafar Hakimov, 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov, 99. Azizbek Amonov.

"Buxoro": 50. Luka Kukich, 4. Mirjalol Jumayev, 80. Ibrohimov, 15. Diyor Ortiqboyev, 2. Izzatillo Po‘latov, 5. Dilshod Jo‘rayev, 99. Javoxir Ro‘ziyev, 7. Muhammadjon Rahimov, 20. Aleksandar Stanisavlevich, 9. Jasur Xolto‘rayev, 11. Shohruz Norxonov.

Ogohlantirish: G‘olib G‘aybullayev ("Nasaf") 12, Umar Eshmurodov ("Nasaf") 29.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston kubogi. "Nasaf" super bellashuvda "Buxoro"ni mag‘lub etdi