15:47 / 03.08.2023
844

“Kalyari” muxlislari Shomurodovning debyuti haqida nimalar deyapti?

“Kalyari” muxlislari Shomurodovning debyuti haqida nimalar deyapti?

A Seriya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Kalyari” navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini “Komo” jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Qiziqarli o‘tgan bellashuvda sardiniyaliklar 2:1 hisobida zafar quchib, muxlislarini xursand qildi.

Avvalgi o‘rtoqlik bahsida bosh murabbiy Klaudio Raneri jamoaga yangi qo‘shilgan Eldor Shomurodovning jismoniy tayyorgarligi yuqori bo‘lmagani uchun maydonga tushirmagan edi.

Bu gal italiyalik mutaxassis o‘zbek hujumchisiga imkoniyat berdi. Shomurodov o‘yinning 61-daqiqasida zaxiradan belashuvga qo‘shildi. Legionerimiz faol o‘ynashga harakat qildi. Raqib darvozasi tomon zarba berdi. Jamoadoshlari Eldorni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Biroq, Shomurodov “Kalyari” safidagi debyutini gol bilan bezay olmadi.

Shomurodovning o‘yiniga “Kalyari” muxlislari alohida e’tibor qaratdi. Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda futbolchimizning harakatlari muhokama qilinyapti.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga “Kalyari” muxlislarining Shomurodov haqidagi fikr-mulohazalarini keltiradi.

Facebook:

Shomurodovning 25 daqiqadagi harakatiga qarab, futbolchiga baho berib bo‘lmaydi. Menga u hali formasini tiklab olmagandek ko‘rindi. Kutaylikchi. Shunga qaramay, yana hujumchi olishimiz kerakligi ko‘rinib qoldi.

Carlo Ermellino:

Shomurodov jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha jamoadoshlaridan ancha ortda qolib ketibdi. Eldor korpus bilan o‘ynash va birga bir vaziyatda imkoniyatni boy berdi. Klaudio Raneri bu hujumchiga yordam bera oladi. Unga biroz vaqt kerak.

Francesco Martinetti:

Bu bellashuvda Klaudio Raneri hujumda turli sxemalarni sinab ko‘rdi. Biroq, hozircha ularning hech biri boshlang‘ich tarkib talablariga javob bermaydi. Mening fikrimcha, asosiy hujumchi Janluka Lapadulaning jarohati og‘irligini inobatga olib, yana markaziy hujumchi olishga ehtiyoj bor.

Robi:

Shomurodov bor imkoniyatini ko‘rsata olmadi. Tayyor emasligi bilinib qoldi, sekin harakat qildi.

Giampaolo:

Shomurodovning 20 daqiqalik o‘yiniga qarab baho berish to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Deghy:

Haqiqatan, maydonda 20 daqiqa to‘p tepgan Shomurodov haqida xulosaga kelishga juda erta. Eldor yuqori sport formasini tiklab, Klaudio Raneri qo‘llayotgan o‘yin uslubiga ko‘nikib olganidan keyin bizni hayratga solishiga ishonamiz. Kelinglar, avval jamoaga moslashib olishi uchun Shomurodovga vaqt beraylik, keyin imkoniyatlarini baholaymiz!

Mariusfc:

Hech unutmayman, “Kalyari” hujum chizig‘iga Borelloni olib kelganiga menga hech yoqmagan edi. Keyin bu futbolchi A Seriyada 16 ta gol urib, fikrimni o‘zgartira oldi. Shomurodov ham menga o‘zining qanday hujumchi ekanini ko‘rsatib qo‘yishini kutyapman.

Danilo BG:

Shomurodovga hozirdan baho bermang. O‘z ustida ishlasin, sport formasini tiklasin, har holda Raneridek murabbiy uni bejizga olib kelmagandir.

Pavo94:

To‘g‘ri, hali Shomurodovning o‘yiniga baho berishga juda erta. Men bu futbolchi haqida o‘zbek saytlaridan ma’lumot qidirdim. Lekin ularning tilini tarjima qilishga Gugl ham qiynalib ketdi.

Francesco Martinetti:

Hozir shoshilmaylik.  Chempionat boshlanganidan bir oy o‘tib, Shomurodovning imkoniyatlari haqida ko‘p narsa bilib olamiz. Hozirgi xulosalarimiz noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin.

Il moralizzatore:

Yaxshi hujumchi qidirib, Markaziy Osiyogacha bordik. Shomurodov unga bildirayotgan katta ishonchlarimizni oqlaydi, deb umid qilamiz.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Kalyari” muxlislari Shomurodovning debyuti haqida nimalar deyapti?