02:30 / 04.08.2023
596

Qozog‘istonda 11 yashar qizini zo‘rlagan ota kastratsiyaga hukm qilindi

Illyustrativ foto: elements.envato.com

Qozog‘istonning Aqtau garnizoni sobiq harbiy xizmatchisi 11 yashar qizini zo‘rlagani uchun kimyoviy kastratsiyaga hukm qilindi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.

Hukmni Ostonadagi jinoyat ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo harbiy sudi chiqargan.

“Sudlanuvchi harbiy xizmatni o‘tash davrida 11 yoshli qizini bir necha bor zo‘rlagan. Sudlanuvchining aybi jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari, ekspertiza natijalari va jinoyat ishining boshqa materiallari bilan to‘liq isbotlangan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, prokuror ayblanuvchiga umrbod qamoq jazosini so‘ragan.

“Sud hukmi bilan sobiq harbiy 120-moddaning 4-qismi ‘Voyaga yetmaganni zo‘rlash’, 121-moddaning 4-qismi ‘Voyaga yetmaganga nisbatan shahvoniy xarakterdagi zo‘ravonlik harakati’ va 124-moddaning 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi”, — deyiladi xabarda.

Sud hukmiga ko‘ra, sobiq harbiy jazoni ijro etish tizimidagi favqulodda xavfsizlik muassasasida ushlab turish bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, hukmda sobiq harbiyga nisbatan kimyoviy kastratsiya tarzidagi majburiy davolash qo‘llanilishi ham ko‘zda tutilgan. Qaror qonunan kuchga kirmadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozog‘istonda 11 yashar qizini zo‘rlagan ota kastratsiyaga hukm qilindi