date
views 233

Habib Nurmagomedov Ilon Maskni Sukerbergga qarshi jangga tayyorlashdan bosh tortdi

Habib Nurmagomedov Ilon Maskni Sukerbergga qarshi jangga tayyorlashdan bosh tortdi

Foto: Google Images

Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov Ilon Mask bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi. Bu haqida vaziyatga aloqador bo‘lgan manbaga tayanib, TACC ma’lum qilmoqda.

Ilon Mask Mark Sukerbergga qarshi jangga Habib Nurmagomedov uni tayyorlashini xohlagandi. Biroq Habib buni rad etdi. Rad etish sababi ma’lum emas”, — deya xabar beradi agentlik manbasi.

Avvalroq, Mask Twitter'da Sukerberg bilan orani ochiq qilib olish uchun oktagonda jang qilishga tayyor ekanligini aytdi.

Sukerberg Maskning taklifiga Instagram’dagi stories’da “Menga jang joyini yubor”, degan yozuv bilan javob berdi. “Las-Vegasdagi oktagon”, dedi Mask.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov Ilon Maskni Sukerbergga qarshi jangga tayyorlashdan bosh tortdi