date
views 347

Kamoliddin Tojiyev "Navbahor" bilan o‘yindan keyin nimalar dedi?

Kamoliddin Tojiyev "Navbahor" bilan o‘yindan keyin nimalar dedi?

Superliga 16-turi doirasida "Navbahor"ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida "Paxtakor" murabbiyi Kamoliddin Tojiyev ishtirok etdi.

- Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Yigitlarning oldiga qo‘yilgan maqsad bajarildi. Barcha o‘z darajasida o‘ynadi. Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik. Ikkinchi bo‘limda esa gol o‘tkazib yubormaslik uchun himoyada o‘ynadik. Yigitlarga rahmat aytaman.

- "Paxtakor" o‘tgan turda "Neftchi"ga mag‘lub bo‘lganida bugungidek o‘ynamadi. Bunga nima sabab bo‘ldi?

- "Neftchi" bilan o‘yindan oldin ham barchamiz bir-birimiz bilan gaplashib olgandik. Barchasi yaxshi edi. Menimcha, Samarqanddagi mag‘lubiyat sababli yigitlarning o‘yini biroz o‘xshamadi.

- Umuman olganda bugun ilk marta "navbahor" muxlislari "Paxtakor" futbolchilarini qarsak bilan kuzatib qo‘yishdi. Bunday holatlar oldinlari ro‘y bermasdi. Bu haqida nima deya olasiz?

- Avvalambor, shuni aytishim kerakki, "Navbahor" muxlislari O‘zbekistonda birinchi o‘rinda turishadi. Ularga o‘yin yoqqandir. Bugun g‘olib jamoa to‘g‘ri yutgani uchundir, ularga bu ma’qul kelgan.

- G‘alaba bilan tabriklayman. Uchrashuvdan oldin Maksim Shatskixning tribunada o‘tirishi ham muammo bo‘lishi aytilgandi. U o‘yinni qanday kuzatdi, futbolchilarni almashtirishda u yordam berib turdimi?

- Uning stadionga kirishi muammo bo‘lmadi. Biroq kiyim almashtirish xonasiga kira olmasdi. Bizda ratsiya bor, shu orqali aloqani ushlab turdik.

- Jamoaning yangi futbolchisi Kuxarchik qaydnomaga ham kiritilmabdi. Buning sababi nima?

- Uning jarohati bor. U Toshkentdagi mashg‘ulotda kichik jarohat orttirib olgandi.

- Uning transferiga qanday qaraysiz? "Paxtakor"ga kelgunicha u yarim yil jamoasiz qolib ketgan.

- Uning o‘yinlarini ko‘rdik. U o‘z mahoratini hali barchaga namoyish qiladi.

- Ketma-ket ikki o‘yinlik mag‘lubiyatdan keyin jamoani ruxiy tushkunlikdan olib chiqish, jamoani tayyorlash qanday bo‘ldi?

- "Navbahor" ham kuchli jamoa. Jamoani ruxan tayyorlash shart emas. Barcha bu o‘yinning shiddatli bo‘lishini bilib turibdi. Yigitlarning o‘zlari o‘zlarini tayyorlashadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kamoliddin Tojiyev "Navbahor" bilan o‘yindan keyin nimalar dedi?
-->