Superliganing 16-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Buxoro" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Juda og‘ir o‘yin o‘tkazdik. Birinchi bo‘lim davomida vaziyatlarimiz ko‘proq bo‘ldi, foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda ham gol kiritishga imkoniyatimiz bor edi. Bu futbol, shunaqasi ham bo‘lib turadi.
"Nasaf" O‘zbekistonning bayroqdor jamoalaridan biri. Ularga Chempionlar ligasida omad tilayman. Shuningdek, bugungi g‘alaba bilan ham tabriklayman.
- Shohruz Norxonovning almashtirilishiga sabab nima bo‘ldi? Uning o‘yinidan qoniqayapsizmi?
- Norxonov tajribali hujumchi. Bugungi o‘yin o‘ta og‘ir o‘tdi. U maydonda katta hajmdagi ishni bajardi. Bunday o‘yinlar katta jismoniy kuch talab etadi. Shu boisdan ham uni almashtirib, dam olishiga imkoniyat yaratdik.
- Amalga oshirgan zahiralaringizga qanday izoh berasiz?
- Biz ham albatta g‘alabani xohlaymiz. Oldimizda jamoani Superligadagi o‘rnini saqlab qolish vazifasi qo‘yilgan. Almashtirishlar taktik uslublarga asosan amalga oshirildi. Aytib o‘tganimdek, bugun juda og‘ir o‘yin o‘tkazdik. Garchi, natija biz uchun yomon bo‘lsa-da, umumiy o‘yin yuzasidan yigitlarning harakatlaridan qoniqdim.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!