Fransiya chempionatining 1-turida "Lans" safarda "Brest" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi. Mazkur bahs uchun mehmonlarning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi.
E’tiborlisi, legionerimiz Abduqodir Husanov ushbu bellashuv qaydnomasiga kiritligan va jamaosiga yordam berish uchun maydonga tushishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Husanov fransuz klubida o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushdi. Ertaga u yangi jamoasida rasmiy o‘yinda debyut qilishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing