date
views 157

Superliga. "Bunyodkor" o‘z maydonida "Andijon"ni mag‘lub etdi

Superliga. "Bunyodkor" o‘z maydonida "Andijon"ni mag‘lub etdi

Superliganing 16-turidan o‘rin olgan  "Bunyodkor" - "Andijon" bahsi o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuv 2:1 hisobida "qaldirg‘ochlar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, 2-daqiqadayoq mehmonlar futbolchisi Armin Boshnyak jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo‘llab tezkor gol urdi. 21-daqiqada mezbonlar hisobni tenglashtirdi. Chap qanotdan uzatilgan to‘pni Jasur Hakimov darvozaga to‘g‘irlab qo‘ydi. Birinchi bo‘lim shu tariqa durang bilan tugadi.

Ikkinchi bo‘limning 67-daqiqasida jarimadan uzatilgan to‘pni Aleksey Nosko darvozaga aniq yo‘llab, "Bunyodkor"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa, "Bunyodkor" o‘z uyida kichik kambek amalga oshirdi.

"Bunyodkor" - "Andijon" 2:1 

Gollar: Armin Boshnyak (Ilhom Abdug‘aniyev) 2, Jasur Hakimov (Igor Ivanovich) 20, Aleksey Nosko (Igor Ivanovich)

"Bunyodkor": 32.Suhrob Sultonov, 2.Aleksey Nosko, 3.Mahmudjon Mahamadjonov, 4.Davronbek Ergashev, 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 8.Shohruhbek Abdurahmonov, 11.Igor Ivanovich (22.Usmonali Ismonaliyev, 90+4), 15.Jasurbek Hakimov, 34.Suhrob Izzatov, 45.Farhod O‘tkurov (9.Farruh Ikromov, 58) (19.Bilol Tupliyev, 87), 77.Milan Marchich (10.Rasul Yo‘ldoshev, 46).

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 7.Akbar Ismatullayev,  14.Ahmadjon Anvarov, 18.Narimonjon Ahmadjonov,   29.Muzaffar Olimjonov.

"Andijon": 72.Igor Litovka, 5.Abdulvohid G‘ulomov (15.Vladimir Bubanya, 90), 9.Levan Arveladze, 10.Ilhomjon Abdg‘aniyev (95.Abbos Ergashboyev, 90) 11.Sardor Abdunabiyev (17.Farhodjon Sohibjonov, 65), 21.Ildar Mamatkazin, 26.Muhammadkarim Toirov (7.Boburbek Farhodov, 77), 28.Islombek Mamatkazin, 66.Ilhom Alijonov, 94.Armin Boshnyak ( 90.Ibrohim G‘anixonov, 77), 99.Rubin Xebay.

Zaxira: 1.Eldor Adhamov,   19.Suhrob Berdiyev, 22.Shahboz Erkinov, 27.Saidumarxon Sodiqov.

Ogohlantirish: Ildar Mamatkazin 26, Muhammadkarim Toirov 47.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Bunyodkor" o‘z maydonida "Andijon"ni mag‘lub etdi