Superliganing 16-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Turon" bahsi o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuvda urilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi.
Teng kurashlar ostida kechayotgan o‘yinning 43-daqiasida hisob ochildi. "Turon" himoyachilari bir-birlariga to‘pni uzatishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Nimeli bu imkoniyatdan foydalanib, to‘pni egallab oldi va darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘limning 78-daqiqasida "Turon" jamoasi sardori "Xurshid Muxtorov Sunnatulloh Hamidjonovga nisbatan qoidani buzdi va hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatildi. Biroz o‘tib Sunnatulloh Xamidjonov ikkinchi sariq kartochka olib maydondan chetlatildi.
Shu tariqa, termizliklar 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
"Surxon" - "Turon" 1:0
Gol: 43 - Silvanus Nimeli
"Surxon": 1.Artyom Potapov, 3.Sunnatullox Hamidjonov, 6.Artem Sokal, 7.Dostonbek Tursunov, 8.Humoyun Sherbo‘tayev, 15.Diyor Ramazonov (2.Bobirjon Askarov, 67), 18.Silvanus Nimeli (5.Azizbek Pirmuhammadov, 77), 25.Behzod Shamsiyev (99.Komron Saydazimov67), 27.Asilbek Jumayev (17.Jahongirbek Abdusalomov, 77), 55.Shohjahon Sultonmurodov, 77.Asadbek Karimov (19.Nuriddin Hasanov, 54).
Zaxira: 13.Azizxon Isakov, 4.Shahzod Tairov, 9.Muhammad Ali Abdurahmonov, 10.Tamirlan Jamalutdinov.
"Turon": 35.Rahimjon Davronov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 4.Asliddin Toshtemirov, 7.Shohmalik Komilov (45.Asadbek Saitxonov,46), 10.Humoyun Murtozayev ( 36.Nodirbek Abdurazzoqov70), 14.Xurshidbek Muxtorov, 17.Nodirbek Mukarov (55.Asilbek Aysarov, 61), 18.Abdug‘ani Kamolov , 22.Shahzodbek Rahmatullayev ( 40.Abega Enyang Ngu,46), 44.Abubakir Ashurov, 77.Fayzullobek Jumanqo‘ziyev (11.Javohir Alijonov,77).
Zaxira: 1.Dostonbek To‘xtaboyev, 3.Akbar Abdirasulov, 5.Marlen Chbanov, 23.Sardorbek Xursandov.
Ogohlantirish: 22 - Behzod Shamsiyev, 29 - Abubakr Ashurov, 79 - Sunnatullox Hamidjonov.
Chetlatish: 78 - Xurshidbek Muxtorov, 87 - Sunnatulloh Xamidjonov, 90+2 - Asadbek Saitxonov.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!