date
views 105

Germaniya Superkubogi. “Leypsig” “Bavariya”ni mag‘lub etib, superkubokni qo‘lga kiritdi

Germaniya Superkubogi. “Leypsig” “Bavariya”ni mag‘lub etib, superkubokni qo‘lga kiritdi

Futbol bo‘yicha Germaniya Superkubogidan o‘rin olgan o‘yinda “Bavariya” 12 avgust, shanba kuni “Leypsig” bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida Dani Olmo “Leypsig”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Olmo yana bitta gol urib, dublni rasmiylashtirdi. 68-daqiqada Dani penaltini aniq amalga oshirib, het-trik muallifiga aylandi. Qayd etib o‘tish joiz, Harri Keyn 64-daqiqada Matias Telning o‘rniga maydonga tushdi va yangi jamoasidagi debyutini nishonadi. Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va “Bavariya” mag‘lubiyatga uchradi.

Shu tariqa “Leypsig” o‘z tarixida ilk bor Germaniya Superkubogi g‘olibiga aylandi.

Germaniya Superkubogi

12 avgust, shanba

“Bavariya” — “Leypsig” 0:3

Gollar: 0:1 – 3 Olmo, 0:2 – 44 Olmo, 0:3 – 68 Olmo.

“Bavariya”: Ulrayx, Pavar (Mazraui, 46), Upamekano, de Ligt (Kim Min Chje, 46), Devis, Kimmix (Goretska, 78), Laymer (Koman, 46), Sane, Musiala, Gnabri, Tel (Keyn, 64).

“Leypsig”: Blasvix, Xenrixs (Klostermann, 85), Orban, Simakan, Raum, Shlager, Olmo (Karvalyu, 78), Zayvald, Simons (Forsberg, 78), Verner (Sheshko, 64), Openda (Poulsen, 64).

Ogohlantirishlar: Pavar (13), Upamekano (34), Olmo (71).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Germaniya Superkubogi. “Leypsig” “Bavariya”ni mag‘lub etib, superkubokni qo‘lga kiritdi
-->