date
views 116

Liga 1. “PSJ” mavsumni “Loryan”ga qarshi durang natija bilan boshladi

Liga 1. “PSJ” mavsumni “Loryan”ga qarshi durang natija bilan boshladi

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 1-tur o‘yinlari start oldi.

PSJ” 2023/24 yilning ilk turida “Loryan”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda darvozalar ishg‘ol etilmadi va parijliklar mavsumni durang natija bilan boshladi.

“Nitssa” ham “Lill” bilan durang qayd etdi (1:1). “Marsel” “Reyms” ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi.


“PSJ” – “Loryan” 0:0

“PSJ”: Donnarumma, Hakimi, Shkrinyar, Danilu Pereyra, Ernandes (Markinos, 82), Ugarte, Vitinya (Fabian Ruis, 68), Zair-Emeri, Li Kan In (Ekitik, 82), Asensio (Soler, 69), Gonsalu Ramush.

“Loryan”: Mvogo, Kalulu, Laport, Talbi, Meite, Le Goff (Yongva, 79), Le Bri, Fevr, Aberjel, Makengo (Ponko, 59), Deng (Kone, 59).

“Nitssa” – “Lill” 1:1

Gollar: 1:0 – 18 Labord, 1:1 – 90 Diakite.

“Marsel” – “Reyms” 2:1

Gollar: 0:1 – 10 Ito, 1:1 – 23 Unai, 2:1 – 73 Vitinya.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Liga 1. “PSJ” mavsumni “Loryan”ga qarshi durang natija bilan boshladi