Liga 1.
Bugun Fransiya chempionati 1-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Legionerimiz Abduqodir Husanov harakat qilayotgan "Lans" safarda "Brest" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00da start oladi. Vakilimiz jamoaning qaydnomasidan o‘rin olgan va "Lans"da rasmiy o‘yinda debyut o‘yinini o‘tkazishi kutilmoqda.
RPL.
Bugun Rossiya premer ligasining 4-tur bahslari o‘tkaziladi. SSKA o‘z uyi "VEB Arena"da "Sochi"ni qabul qiladi. Bellashuv 22:00da boshlanishi rejalashtirilgan. O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev bu bahsda debyut qilishi kutilmoqda.
Qozog‘iston chempionati.
Bugun Qozog‘iston premer ligasi bahslari ham bo‘lib o‘tadi. Legionerlarimiz Shahboz Umarov va Bobir Abdixoliqov harakat qiladigan "Ordabasi" "Qaysar" maydoniga safar qiladi. Bu o‘yinning start hushtagi 20:00da chalinadi.
Turkiya Superligasi.
Bugun Turkiya chempionati dastlabki tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Husniddin Aliqulov harakat qilayotgan "Rizespor" safarda "Adana Demirspor" bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuv tungi soat 23:45da boshlanadi.
Bu bahsda Aliqulov yangi jamoasida debyut qilishi mumkin. U jamoasining o‘yin qaydnomasida bor.
Manba: Sports.uz