Yarim yengil va yengil vaznda sobiq UFC chempioni Konor MakGregor (22-6) yaqin orada uchta jangda ishtirok etishini ta’kidladi.
"Mening navbatimda birinchi Maykl Chendler. U bilan dekabrda jang qilaman. So‘ngra kelgusi yili dastlab BMF kamari uchun Djastin Geydjini mag‘lub qilaman va trilogiya jangimizni yakunlashimiz uchun Neytni oktagonga chorlayman. Hammasidan oldin Chendler masalasini hal qilishim kerak. Uni osonlikcha mag‘lub eta olaman!" - deya MakGregor o‘z ijtimoiy tarmoqlarida post qoldirdi.
Ayni damda, Konor Maykl Chedler bilan davom etayotgan The Ultimate Fighter shousining 31-mavsumida murabbiylik qilmoqda. Shou boshlanishidan oldin promoushen rahbari Dana Uayt shou tugashi bilanoq, murabbiylar o‘rtasida jang tashkil qilinishini ma’lum qilgandi.
Djastin Geydji sal oldinroq Dastin Porega qarshi jangda g‘alaba qozonib, eng yomon gangster yo‘nalishi bo‘yicha BMF kamarini o‘ziniki qilib olgan edi. Neyt Diaz esa UFC bilan shartnoma muddati tugaganligi sababli xayrlashgan va boks bo‘yicha bloger Djeyk Pol bilan olishuvda qatnashgan edi.
Konor va Neyt 2016 yilda o‘zaro ikki marotaba jang qilgan va unda tomonlar mos ravishda bir martadan g‘alaba qozonishgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!