PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klubi bilan yuzaga kelgan ziddiyatga nuqta qo‘yadigan bo‘ldi. RTLSport jurnalisti Abdel Bulmaning ta’kidlashicha, 24 yoshli hujumchi jamoasi rahbariyati bilan kelishib olishni ma’qul ko‘rgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Kilian Mbappe klub bilan kelishuvni 2025 yilning yozigacha uzaytiradi. Biroq, yangi shartnomada uning 2024 yil yozida “Real” klubiga o‘tishi uchun to‘sqinlik qilinmasligi belgilab qo‘yilgan band bo‘lishi shart.
PSJ rahbarlari Kilian Mbappening erkin agent sifatida ketib qolishi klubni barbod qilishini ochiq tan olishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng fransiyalik forvard pozitsiyasini o‘zgartirdi.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, klub rahbariyati hujumchini umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytargan va Mbappe kelasi bellashuvlarda qatnashish imkoniga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!