
Meta bosh direktori Mark Sukerberg Ilon Mask bilan qafasda jang qilish fikridan qaytganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Twitter rahbari o‘zini jiddiy tutmayapti.
Iyun oyida Mask “qafasda jang qilishga tayyorman” deb Twitter’da yozganidan keyin, milliarderlar jangga kelishib olgandi. Sukerberg Maskning chaqiruviga javoban, kurash “joyini yuborishni” so‘ragan.
Biroq 13 avgust kuni Sukerberg Ilon “jiddiy emas”ligini aytdi.
Avvalroq Ilon Mask jangni Italiyadagi “antik joyda” o‘tkazishni taklif qilgandi. U Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni bilan bu haqda gaplashganini aytdi.
Mark Sukerberg aralash yakkakurash bilan shug‘ullanadi. 2023 yil boshida u jiu-jitsu yo‘nalishi bo‘yicha birinchi turnirini yakunlaganini yozgandi.
Ilon Mask esa o‘tgan haftada og‘irlik ko‘tarish orqali jangga tayyorlanayotganini aytgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!