date
views 122

Superliga. Jangovar kechgan "Nasaf" - "Paxtakor" bahsida durang qayd etildi

Superliga. Jangovar kechgan "Nasaf" - "Paxtakor" bahsida durang qayd etildi

O‘zbekiston Superligasi 11-turdan qoldirilgan "Nasaf" - "Paxtakor" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Mezbonlar gol urish uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Mehmonlar esa asosan qarshi hujumlardan omadini sinab ko‘rdi. Ammo o‘yinda hisob ochish ikki jamoaga ham nasib etmadi.

Shu tariqa, "Nasaf" 29 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi. 35 ochkosi bor "sherlar" 1-pog‘onadan joy egallagan.

"Nasaf" - "Paxtakor" 0:0

"Nasaf": 1. Umidjon Ergashev, 2. Alibek Davronov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Akmal Mozgovoy, 10. Andres Chaves (19. Mateus Lima Kruz 76'), 28. Shuhrat Muhammadiyev (8. Zafarmurod Abdirahmatov 61'), 34. Sherzod Nasrullayev (17. Suhrob Nurulloyev 76'), 70. Jaba Jigauri (99. Azizbek Amonov 86'), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich (18. Bahrom Abdurahimov 61'), 92. Umarbek Eshmurodov.

Zaxiradagilar: 35. Abduvohid Ne’matov, 9. Javohir Sidiqov, 21. Doniyor Narzullayev, 25. Bekjon Rahmatov.

"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov, 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Odiljon Hamrobekov, 8. Azizbek Turg‘unboyev, 17. Dostonbek Hamdamov (20. Hojimat Erkinov 78'), 19. Pshemislav Banashak (11. Po‘latxo‘ja Xolxorxonov 89'), 27. Sardor Sobirxo‘jayev (2. Behruzbek Asqarov 89'), 28. Diyor Xolmatov, 34. Farruh Sayfiyev, 88. Shahzod Azmiddinov (40. Kimi Merk 75').

Zaxiradagilar: 36. Pavel Pavlyuchenko, 4. Dostonbek Tursunov, 23. Sherzod Azamov, 55. Muhammmadrasul Abdumajidov, 77. Dilshod Saitov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. Jangovar kechgan "Nasaf" - "Paxtakor" bahsida durang qayd etildi