date
views 219

Kamoliddin Tojiyev: "Nasaf"ga qarshi teng o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman"

Kamoliddin Tojiyev: "Nasaf"ga qarshi teng o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman"

O‘zbekiston Superligasi 11-turdan qoldirilgan "Nasaf" - "Paxtakor" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

O‘yindan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "Paxtakor" yordamchi murabbiyi Kamoliddin Tojiyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bir necha kun ichida kuchli jamoalar bilan o‘yin o‘tkazdik. Teng o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman. Oxirgi daqiqalarda g‘alabani ilib ketishimiz ham mumkin edi. Ammo omad bizdan yuz o‘girdi.

11-tur paytida o‘yin qoldirganimiz boisi ko‘p yigitlar terma jamoa tarkibida edi. Yoshlarimiz muhim o‘yinlarda ishtirok etishdi. Shu sabab, bahsni qoldirishga to‘g‘ri kelgandi.

"Nasaf" ham kuchli jamoa. Ularda tezkor yigitlar yetarli. Baribir har bir jamoa gol o‘tkazib yuborishdan qo‘rqadi. "Ajdarlar" ham shu kabi jamoalar sirasiga kiradi.

Azmiddinovning jarohati u qadar jiddiy emas. U keyingi o‘yinlarda jamoamizga yordam bera oladi, deb o‘ylayman. Shahzod oyoq paylarini cho‘zib olgan, xolos. Har holda, bizga shunday ko‘rindi", - dedi mutaxassis o‘yindan so‘ng.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kamoliddin Tojiyev: "Nasaf"ga qarshi teng o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman"