Sensasiya: 10 yil o‘tib Materasi Zidanni nima deb haqorat qilganini oshkor qildi

2006 yilgi jahon chempionati finalida Italiya va Fransiya terma jamoalari uchrashgan edi. O‘shanda final o‘yinda Materasi Zidanni haqorat qilgan. Zidan esa kalla qo‘yib Materasini yeqitgan va qizil kartochka olib, mardonavor maydonni tark etgan. Bu haqda “Diydor aziz” xabar berdi.
Zidanning bu qilmishi fransuzlarga yoqib tushgan shekilli Parijda uning kalla qo‘yayotganining haykali o‘rnatilgan. Xullas, oradan 10 yil o‘tib Italiya terma jamoasi eks-himoyachisi Materasi o‘shanda Zidanga nima deganligi borasida ochiq gapirdi. “Zidanni haqorat qilishim axmoqlik edi. Lekin, uning bunday qo‘pollik bilan javob qaytarishi ham o‘rinli emas deb o‘ylayman. Neapoli Milan va Parij ko‘chalarida bundan ham og‘irroq haqoratli so‘zlarni eshitish mumkin. Men o‘shanda Zidanning volidasini haqorat qilmagan edim. Bu ommaviy axborot vositalarining yolg‘onlari, xolos. Men uning singlisi haqida gapirgandim. Men 15 yoshimda onamdan ayrilganman. Birovning onasi haqida yomon gap aytishga tilim bormaydi.”, deydi Materasi ESPN nashriga bergan intervyusida.
Materasining Zidanga qaratilgan haqorati borasidagi so‘zlari shulardan iborat edi. Uning aniq qanday haqoratli so‘zni ishlatganini ochiq yozishni ma’qul ko‘rmadik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing