08:32 / 20.08.2023
106

Superliga. “Paxtakor” minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Nasaf” esa durang o‘ynadi (video)

Foto: PFL

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv 19-avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Paxtakor” o‘zida “Metallurg”ni qabul qildi va Pshemislav Bashanakning goli evaziga g‘alaba qozondi.

“Nasaf” esa “Qizilqum”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda darvozalar ishg‘ol etilmadi va jamoalar bir ochkodan jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

17-turning birinchi kungi o‘yinlaridan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

Foto: PFL

Superliga

17-tur bahslari

19-avgust, shanba

“Paxtakor” – “Metallurg” 1:0

Gol: 1:0 — 45 Banashak

“Paxtakor”: 35. Sanjar Quvvatov, 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Odiljon Hamrobekov, 8. Azizbek Turg‘unboyev, 10. Dragan Cheran, 17. Dostonbek Hamdamov (20. Hojimat Erkinov 74), 19. Pshemislav Banashak (11. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 81), 27. Sardor Sobirxo‘jayev (28. Diyor Xolmatov 74), 34. Farruh Sayfiyev, 88. Shahzod Azmiddinov (2. Behruzbek Asqarov 85).

“Metallurg”: 87. Akmal Ortiqov, 3. Danial Mahini (10. Bektemir Abdumannonov 62), 4. Kerim Palich, 7. Husniddin G‘ofurov, 8. Iskandar Shaykulov (11. Damir Temirov 62), 9. Zabihillo O‘rinboyev, 14. Abrorbek Toshqo‘ziyev, 15. Sardor Abduraimov (77. Shahzod Ubaydullayev 80), 17. Rizo Yazdando‘st (6. Xudoyshukur Sattorov 70), 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 33. Ivan Yosovich.

Ogohlantirish: Muhammadqodir Hamraliyev (63).

“Nasaf” – “Qizilqum” 0:0

“Nasaf”: 1. Umidjon Ergashev, 2. Alibek Davronov, 7. Akmal Mozgovoy (99. Azizbek Amonov, 84), 8. Zafarmurod Abdirahmatov, 9. Javohir Sidiqov (88. Marko Stanoyevich, 56), 18. Bahrom Abdurahimov (77. Oybek Bozorov, 56), 19. Mateus Lima, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 34. Sherzod Nasrullayev (17. Suhrob Nurulloyev, 69), 70. Jambuli Jigauri (10. Andres Eliseo Chaves, 69), 92. Umarbek Eshmurodov.

“Qizilqum”: 35. Javohir Ilyosov, 13. Nikolay Tarasov, 25. Azizbek Usmonov, 44. Jo‘rabek Mannonov, 11. Akaki Shulaya, 23. Sherali Jo‘rayev (30. Islomjon Toshpo‘latov, 80), 24. Ifeani Ifeani, 6. Murod Rahmatov (87. Alisher Sanoyev, 75), 77. Giorgi Kuxianidze (4. Ilhomjon Vahobov 80), 92. Marko Simonovski (17. Muhammadali G‘iyosov, 67), 10. Islom Kenjaboyev.

Ogohlantirishlar: Nikolay Tarasov (20), Ifeani Ifeani (83).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Paxtakor” minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Nasaf” esa durang o‘ynadi (video)