12:00 / 20.08.2023
122

UFC 292. Shon O‘Melli Aljameyn Sterlingni nokautga uchratib, chempionga aylandi

UFC 292. Shon O‘Melli Aljameyn Sterlingni nokautga uchratib, chempionga aylandi

AQSHning Boston shahrida O‘zbekiston vaqti bilan 20 avgust tongida UFC 292 musobaqasi o‘tkazildi.

Oqshomning asosiy jangi yengil vazn toifasi vakillari Aljameyn Sterling va Shon O‘Melli o‘rtasida kechdi. Ikkinchi raundda Shon Sterlingni nokautga uchratdi va UFCning yangi chempioniga aylandi.

Sterling uchun bu beshinchi titul jangi bo‘ldi. Aljameyn 2021 yilda Pyotr Yan ustidan g‘alaba qozonib, shundan buyon kamarga egalik qilayotgan edi.

O‘Melli esa ilk bor titul uchun jang qildi. Shon 2022 yil oktyabr oyida hakamlar qaroriga ko‘ra Yan ustidan g‘alaba qozongandi.

Turnirning asosiy janglari:

Shon O‘Melli (17-1) ikkinchi raundda Aljameyn Sterlingni (23-4) nokautga uchratdi;

Veyli Chjan (24-3) hakamlar qaroriga ko‘ra Amanda Lemos (13-3-1) ustidan g‘alaba qozondi;

Ien Gerri (13-0) ochkolar evaziga Nil Megnini (28-11) mag‘lub etdi;

Damon Bleksher (14-6-1) hakamlar qarori evaziga Mario Bautisteni (13-2) mag‘lubiyatga uchratdi;

Marlon Vera (21-8-1) Pedro Munos (20-8) ustidan zafar quchdi;

Kris Vaydman (15-7) ochkolar evaziga Bred Tavares (20-9) ustidan g‘alaba qozondi;

Gregori Rodriges (14-5) birinchi raundda Denis Tyulyulinni (11-8) nokautga uchratdi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC 292. Shon O‘Melli Aljameyn Sterlingni nokautga uchratib, chempionga aylandi