Professional boksning og‘ir vazn toifasida janglar olib borayotgan hamyurtimiz Lazizbek Mullojonov (3-0, 3KO) 26 avgust kuni qozog‘istonlik Nursultan Amanjolovga (5-0, 5KO) qarshi jang qiladi.
Usik va Dubois jangi oqshomidan o‘rin olgan ushbu bahs ko‘pchilik uchun prinsipial qarama qarshilik hisoblanadi.
Amanjolov aslida O‘zbekistonda tavallud topgan va keyinchalik Qozog‘istonga ko‘chib ketgan. U 2011 yil yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida Bahodir Jalolovni nokautga uchratgan.
Qolaversa, Amanjolov mashhur prof bokschilar - Entoni Joshua va Aleksandr Usikning sparring raqibi hamdir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar