Parijda xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda


Bugun Parijdagi "Stad de Frans" stadionida Yevropa chempionatining final bahsi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahsda tartibsizliklar va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida salkam 7 ming politsiyachi va harbiylar jalb etilgan.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bugun Fransiya poytaxtida xavfsizlikni ta’minlash uchun qattiq rejim qo‘llaniladi va buning uchun 6800 nafar xodim safarbar etilgan.
Politsiyachilar butun shahar bo‘ylab navbatchilik qiladi. Biroq asosiy huquqni muhofaza qiliuvchi organ xodimlari muxlislar ko‘p to‘planadigan joylar - stadion atrofi va Yelisey maydoni atrofiga joylashtiriladi.






























Izohlar 0
…